
Hozirgi Markaziy dehqon bozori xududida bo‘sh yer maydonida 1970 yillardan boshlab Navoiy shahar atrofdagi dehqonlar meva-sabzavotlar bilan savdo qilganlar. 
Maxalliy boshqaruv organlar tomonidan 1980 yillarda shu yerga bozor qurish to‘g‘risida qaror chiqarilib dehqonlar uchun rastalar qurilgan.
Hozirgi kunda jamiyatimizga qarashli Markaziy dehqon bozori yirik savdo maydoni xisoblanadi. 2010 yilda Markaziy dehqon bozorida qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilib bir necha savdo rastalari va do‘konlar qurilgan.
Vazirlar Maxkamasining 1996 yil 5 martdagi 82-sonli qarorga asosan, Navoiy shaxar hokimligining 1996 yil 6 iyundagi 947/06-sonli qarori bilan Navoiy shaxar bozorlari (Markaziy dehqon bozori, 10-kichik tumani dehqon bozori va “Guliston” dehqon bozori) negizida, 
Navoiy shahar “Saxovat” ochiq aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan. 
“Saxovat” ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining 2009 yil 18 sentabrdagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan jamiyat “Saxovat” bozori mas’uliyati cheklangan jamiyatga aylantirilgan. 
Navoiy viloyat Adliya boshqarmasida 2009 yil 14 dekabr ro‘yxatga olingan.

 O'zbekcha
										O'zbekcha				 Русский
									Русский