Aks ettirish sozlash

Shrift oshirish:
Sayt rangi
Tasvirlari

Ko’rsatkichlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1996 yil 5 martdagi 82-sonli qarorga asosan, Navoiy shaxar hokimligining 1996 yil 6 iyundagi 947/06-sonli qarori bilan Navoiy shaxar bozorlari (Markaziy dehqon bozori, 10-kichik tumani dehqon bozori va “Guliston” dehqon bozori) negizida, Navoiy shahar “Saxovat” ochiq aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan.
“Saxovat” ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining 2009 yil 18 sentabrdagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan jamiyat “Saxovat” bozori mas’uliyati cheklangan jamiyatga aylantirilgan.
Navoiy viloyat Adliya boshqarmasida ro‘yxatga olingan. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma raqami - 0000153, sanasi - 2009 yil 14 dekabr, davlat orderi raqami – 123, sanasi - 2009 yil 14 dekabr
Tashkiliy huquqiy shakli: mas’uliyati cheklangan jamiyat, nizom (Ustav) kapitali (fondi) miqdori - 48314,0 ming so‘m.
Yuridik manzili: 210100, Navoiy shahri, Amir Temur ko‘chasi 9 uy
Ixtisoslashuvi: Xizmat ko‘rsatish, chakana savdo, oziq-ovqat (dehqon) bozori
Davlat soliq xizmati organlaridan berilgan STIR 200003322
Xizmat ko‘rsatuvchi bank: O‘zSQB Navoiy shahar mintaqaviy filiali,X/r. 20208000600306086001, MFO: 00207, INN: 200003322, XTUT 71270
Jamiyat tarkibida 3 ta dehqon bozori mavjud:
1.Markaziy dehqon bozori.43 533.71 m2. Amir Temur ko‘chasi,9 uy
2.10- kichik tuman dehqon bozori.12 201.28 m2.Navoiy sh, 10 kichik tuman
3.“Guliston” dehqon bozori.2 191.85 m2. Navoiy sh, I.Karimov, 4a
Ish rejimi: doimiy 7-00 dan 19-00 gacha, tozalik (sanitar) kuni oyning birinchi dushanbasi (filiallarda seshanba va chorshanba)
“Saxovat bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati dehqon bozorlari Navoiy shaxarining markaz qismida joylashgan bo‘lib, bozorlardagi savdo rastalarning joylashishi xaridorlar talablari va bozorlarga tashrif buyurgan mexmonlar, sotuvchi va xaridorlar uchun qulayliklarni maksimal e’tiborga olgan xolda bugungi zamon talablariga muvofiq qurilgan. Savdo rastalarida qishlok xo‘jalik maxsulotlari joylashuvini rejalashtirishda maxsulot sigmentatsiyasiga aloxida e’tibor berilgan. Bozorlarda savdoga quyilgan barcha qishlok-xo‘jalik maxsulotlarini, go‘sht maxsulotlarini tekshirish uchun vetlabaratoriya xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari qo‘shimcha ravishda munitsipal, sanitar militsiya tayanch punktlari xam mavjud. Xaridorlar, tadbirkorlar va fukarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maksadida bozor xududida tosh-torozilarni ijaraga berish, aravalar xizmati, etikduzlik, charxchilik, kalit yasash xizmatlari keng yo‘lga qo‘yilgan.
Quyidagilar jamiyat daromadlarining manbalari hisoblanadi:
- bir martalik yig‘imdan tushumlar;
- ijara to‘lovidan olingan daromadlar;
- sotuvchilar va xaridorlarga xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar;
- avtotransport vositalarining vaqtincha saqlash xizmatlari ko‘rsatishdan tushgan daromadlar;
- qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa tushumlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 apreldagi PQ-1326-sonli “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-sonli “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlariga asosan Navoiy viloyat xokimining 2019 yil 8 fevraldagi Q-24-sonli qarori bilan bir martalik yig‘imlar, ijara va xizmatlar ko‘rsatish to‘lovlari amalga oshiriladi.
Navoiy shahar axolisini arzon va sifatli qishlok xo‘jalik maxsulotlari bilan uzluksiz taminlash maqsadida “Saxovat bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati tasarrufida “Elga xizmat” MChJ korxonasi tashkil kilinib, jamiyatga qarshali barcha dehqon bozori xududida doimiy tashkillashtirilgan, arzonlashtirilgan yarmarkasida arzon va sifatli qishlok xo‘jalik maxsulotlari yetkazilib berilmoqda.